Qurilish hujjatlari va smeta — bitta dasturda

PTO SMART tayyor smeta faylidan Ф2 va Ф3, tender ofertasi va yashirin ishlar dalolatnomasini tayyorlaydi. Asl fayllaringiz o‘zgarmaydi, natija yangi Excel yoki Word faylga saqlanadi.

  • Windows uchun
  • Trial: 5 ta bepul generatsiya
  • Interfeys o‘zbek va rus tilida
PTO SMART dasturi: Ф2 generatori oynasi, smeta fayli tanlangan va Ф2 tayyor
PTO SMART
Versiya2.6.0
PlatformaWindows
HujjatlarФ2, Ф3, Oferta, Akt

To‘rt modul, bitta ish jarayoni

Smeta ABC4 yoki TN kabi dasturda tayyorlanadi. PTO SMART shu Excel faylni o‘qiydi va undan kerakli hujjatlarni yasaydi.

Ф2 va Ф3

Bajarilgan ishlar dalolatnomasi

Smetaning _ЛРВ va _РС varaqlaridan narx va summa formulalari bilan Ф2 tuziladi. Kerak bo‘lsa, shu fayl asosida Ф3 spravka-schyot-faktura ham qo‘shiladi.

  • Davrlar bo‘yicha (накопительный) Ф2 va qoldiq ustuni
  • Narxi topilmagan qatorlar qizil bilan belgilanadi
  • Papkadagi barcha smetalar uchun bir yo‘la
Ф2 generatori: davrlar bo‘yicha Ф2 va Ф3 yoqilgan, ИТОГО foizlari
Ф2 generatori: davrlar bo‘yicha (Sentabr, Oktabr) va Ф3 yoqilgan.
Oferta

Tender ofertasi

Tenderda faqat narxsiz _ЛРВ berilsa, dastur to‘liq _РС varag‘ini tuzadi, kataloglardan narx qo‘yadi va formulali Ф2 yasaydi.

  • Hudud, yil va kvartal tanlanadi
  • Topilmagan narx yonida katalogdan eng yaqin taklif
  • Narxni to‘ldirsangiz, Ф2 o‘zi qayta hisoblanadi
Tender ofertasi oynasi: hudud va davr tanlangan, oferta tayyor
Oferta tayyor: jami summa, narxlangan resurslar va topilmaganlar soni.
Akt

Yashirin ishlar dalolatnomasi

ШНК 3.01.01-22, 6-ilova shakli. Smetadagi ishlar materiallari bilan olinadi, har bir belgilangan ish alohida sahifada alohida akt bo‘ladi.

  • Keyingi ish nomi o‘zi yoziladi
  • Komissiya va rekvizitlar bir marta to‘ldiriladi
  • Natija Word (.docx) faylda
Yashirin ishlar dalolatnomasi oynasi: ishlar ro‘yxati va komissiya rekvizitlari
Akt: smetadagi ishlar ro‘yxati va komissiya rekvizitlari.
Smeta

Smeta fayllari va narx kataloglari

Dastur ABC4 va TN dasturlari chiqaradigan smeta Excel fayllarini o‘qiydi. Materiallar, ish haqi va mashina-mexanizmlar narxlari dastur bazasida saqlanadi.

  • 14 hudud bo‘yicha material kataloglari
  • Yangi kvartal faylini qo‘shsangiz, turi o‘zi aniqlanadi
  • Tayyor smetalardan narxlar ham bazaga olinadi
Narx kataloglari oynasi: hudud, yil, kvartal va yuklangan manbalar
Narx kataloglari: materiallar, ish haqi, mashina-mexanizmlar va tayyor smetalar.

PTO bo‘limi ishida nima o‘zgaradi

Tartibli jarayon

Smetadan Ф2, Ф3, oferta va aktgacha bir xil manba fayl ishlatiladi, hujjatlar bir-biriga mos chiqadi.

Qo‘lda ko‘chirish kamayadi

Hajm, narx va formulalar smetadan olinadi. Qo‘lda faqat dastur topa olmagan narxlar to‘ldiriladi.

Bitta dastur

Ф2, oferta, akt va narx kataloglari bitta oynada. Asl smeta fayllari o‘zgarmaydi.

Hisob va litsenziya

Qolgan generatsiyalar, qurilmalar va muddat dasturning Litsenziya bo‘limida ko‘rinadi.

Tariflar

Bitta generatsiya — muvaffaqiyatli saqlangan bitta fayl. Xato bilan tugagan urinish hisoblanmaydi.

Tariflar: narx, generatsiyalar va qurilmalar
TarifNarxGeneratsiyalarQurilmalar
Trial Bepulsinov Jami 5 taФ2, Oferta va Akt birgalikda 1
Basic 99 000 so‘m / oy990 000 so‘m / yil Oyiga 20 tadanФ2, Oferta va Akt uchun alohida 1
Pro 199 000 so‘m / oy1 990 000 so‘m / yil Oyiga 60 tadanФ2, Oferta va Akt uchun alohida 2
MAX 499 000 so‘m / oy4 990 000 so‘m / yil Cheksizkuniga 1 000 ta texnik chegara 1
Business 899 000 so‘m / oy8 990 000 so‘m / yil Cheksizkuniga 1 000 ta texnik chegara 55 foydalanuvchi
Full 3 990 000 so‘mbir martalik Cheksizkuniga 1 000 ta texnik chegara 1

Tariflar shartlari batafsil

PTO SMART’dan foydalanishni boshlang

Dasturda ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin 5 ta bepul generatsiya beriladi.